
Mijoz: Uzbekinvest
Kontekst: Brending
Vazifa: Yillik hisobot nafaqat moliyaviy va statistik ko‘rsatkichlarni aks ettiruvchi hujjat, balki kompaniyaning yutuqlari, qadriyatlari va faoliyatini keng auditoriyaga taqdim etuvchi muhim kommunikatsiya vositasidir. Uzbekinvest uchun yillik hisobotni tayyorlash jarayonida asosiy vazifa — katta hajmdagi ilmiy, tarixiy va statistik ma’lumotlarni yagona, tushunarli va vizual jihatdan jozibador tizimga birlashtirish edi. Shuningdek, Arbob va akademiklarning hayoti va ilmiy faoliyatiga oid ma’lumotlarni chuqur tadqiq qilish, turli manbalardan olingan materiallarni saralash va ularni uch tilda — o‘zbek, rus va ingliz tillarida bir xil sifat va uslubda taqdim etish zarur edi.
Yechim: Biz Uzbekinvest uchun to‘liq yillik hisobot dizaynini ishlab chiqdik. Loyihaning har bir bosqichida mazmun, tadqiqot va vizual kommunikatsiyani yagona tizimga birlashtirishga e’tibor qaratdik.
Loyiha doirasida:
— yillik hisobot muqovasi, Arbob va akademiklarga bag‘ishlangan maxsus bo‘limlar hamda statistik ma’lumotlar uchun zamonaviy grafik va infografikalar ishlab chiqildi;
— har bir Arbob va akademikning hayoti, ijodi va ilmiy faoliyati bo‘yicha chuqur tadqiqot olib borildi. Tadqiqot jarayonidagi yaqindan ko‘rsatgan ko‘magi uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga alohida minnatdorchilik bildiramiz;
— saralangan ma’lumotlar tahrir qilindi, strukturaga keltirildi va rus hamda ingliz tillariga professional tarzda tarjima qilindi;
— barcha vizual materiallar uchta tilning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda moslashtirildi;
— yillik hisobotning asosiy bo‘limlari uchun maxsus fotosessiyalar tashkil etildi;
— Arbob va akademiklarning mavjud arxiv fotosuratlari sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida restavratsiya qilinib, sifati va vizual aniqligi yaxshilandi;
— yakuniy dizayn o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashrga tayyorlandi.
✅ Natija
Natijada Uzbekinvest’ning yillik hisoboti oddiy hisobot hujjatidan tadqiqot, tarixiy meros va zamonaviy vizual kommunikatsiyani birlashtirgan yaxlit nashrga aylandi.
Hisobotning yagona dizayn tizimi katta hajmdagi ma’lumotlarni o‘qish va qabul qilishni osonlashtirdi, statistik ko‘rsatkichlarni esa zamonaviy grafik va infografikalar orqali yanada tushunarli ko‘rinishda taqdim etdi.
Uch tilli versiyalarning yagona vizual tizimda ishlab chiqilishi esa hisobotni turli auditoriyalar uchun bir xil darajada professional va izchil taqdim etish imkonini berdi.











