
Mijoz: Hamkorbank
Kontekst: Re-Brending
Vazifa: Tahlil natijasida Hamkorbank’ning eski logotipi bir qator muammolarni keltirib chiqarayotgani aniqlandi: — marketing va kommunikatsiya materiallarida foydalanish noqulayligi; — turli format va platformalarga yetarlicha moslasha olmasligi; — bankda to‘laqonli brandbook mavjud emasligi, bu esa brend qadriyatlarini mijozlarga zamonaviy va jozibador formatda yetkazish imkoniyatlarini cheklardi. Bundan tashqari, bankning strategik rejalarida bozordagi pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqish, mahsulotlar ekotizimini rivojlantirish va yangilangan brend-platformaga o‘tish belgilangan edi. Bularning barchasi to‘laqonli rebrending jarayonini boshlash uchun asos bo‘ldi.
Yechim: Hamkorbank’ning missiyasi va strategik pozitsiyalashuvidan kelib chiqib, loyihani logotipni yangilashdan boshladik.
Brendning davomiyligi va merosini ifodalovchi asosiy element sifatida “H” harfi saqlab qolindi. U Hamkorbank taniluvchanligida muhim rol o‘ynaydi.
Biz asosiy g‘oyani saqlagan holda logotipning bir nechta variantlarini ishlab chiqdik. Bank jamoasi va rahbariyati bilan birgalikdagi muhokamalar natijasida yakuniy gibrid variant tanlandi.
Unda:
— “H” harfi yaxlitlik, hamkorlik va sinergiyani ifodalovchi doira ichiga joylashtirildi; — “Hamkor Bank” nomi ikki qatorga joylashtirilib, logotipning turli format va kommunikatsiya kanallarida moslashuvchanligini oshirdi.
Shu tariqa yangi logotip avvalgi versiyada yuzaga kelgan asosiy funksional va kommunikatsion muammolarning yechimiga aylandi.
🖌️ Firmenniy uslub va brandbook
Yangi logotip tasdiqlangach, biz to‘laqonli brandbook ishlab chiqishga o‘tdik.
Unga vizual identifikatsiyaning barcha asosiy elementlari kiritildi:
— yangilangan ranglar palitrasi; — zamonaviy va o‘qilishi qulay shriftlar; — o‘ziga xos ikonalar va grafik elementlar; — yagona fotosurat uslubi; — “H” harfi asosida ishlab chiqilgan, vizual hamkorlik va brend konsistentligini ifodalovchi firmenniy pattern.
Butun vizual tizim batafsil brand guideline ko‘rinishida shakllantirildi. Bu bankka yangi uslubni raqamli kanallardan tortib tashqi reklamalarigacha bo‘lgan barcha kommunikatsiya vositalarida oson qo‘llash va kengaytirish imkonini beradi.
✅ Natija
Bugungi kunda Hamkorbank yangilangan vizual identifikatsiyasini O‘zbekiston bo‘ylab bosqichma-bosqich joriy etmoqda.
Bank allaqachon:
— yangilangan missiya va qadriyatlarga asoslangan yangi kommunikatsiya kampaniyalarini ishga tushirishni boshladi; — innovatsion bank mahsuloti — **“Tezbank”**ni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda; — reklama materiallari, tashqi ko‘rsatkichlar, hujjatlar va raqamli platformalarni yangi brandbook va yagona firmenniy uslub asosida to‘liq yangilash jarayonini boshladi.













