
Mijoz: Poytaxt Bank
Kontekst: Re-Brending
Vazifa: Yangi ochilgan bankning asosiy muammosi uning xizmatlarida emas, qanday ko‘rinishida edi. Eski logotip va vizual identifikatsiya bankni boshqa brendlardan yetarlicha ajratib ko‘rsata olmas, ko‘cha va tashqi kommunikatsiyalarda esa kerakli darajadagi e’tiborni jalb qilmas edi. Bank atrofida o‘tkazilgan tadqiqot davomida respondentlarning qariyb 54 foizi bankni payqamaganini aniqladik. Bu faqat vizual muammo emas edi. Past taniluvchanlik mijozning bankni tanlash ehtimoliga, brendga bo‘lgan ishonchga va natijada savdo ko‘rsatkichlariga ham ta’sir qilardi. Shuning uchun bizning vazifamiz shunchaki “chiroyliroq logo” yaratish emas, bankning ko‘rinishini biznes maqsadlariga xizmat qiladigan kuchli identifikatsiyaga aylantirish edi.
Yechim: Biz murakkab grafik metaforalar yoki ortiqcha dizayn elementlariga murojaat qilmadik.
Aksincha, bank uchun sodda, tez taniladigan va turli kommunikatsiya kanallarida oson ishlaydigan vizual identifikatsiya yaratdik.
Logotipning asosini ikki rang tashkil etadi:
Ko‘k — ishonch, barqarorlik va moliyaviy ishonchlilikni; qizil — energiya, kuch va harakatni ifodalaydi.
Logotip belgisi esa bir vaqtning o‘zida “P” va “B” harflarini birlashtiradi. Geometrik to‘g‘ri to‘rtburchak shakli esa “POYTAXT” nomining markaz, shahar va urban muhit bilan bog‘liq semantikasini ifodalaydi.
Biroq loyiha faqat logotip bilan cheklanib qolmadi.
Biz yangi vizual identifikatsiyani bankning barcha kommunikatsiyalarida izchil qo‘llash imkonini beradigan brend-kommunikatsiya tizimini ham ishlab chiqdik.
Maqsad — bir martalik vizual yangilanish emas, balki mijoz har bir touchpoint’da Poytaxt Bankni bir xil darajada tanishi va his qilishi mumkin bo‘lgan brend tajribasini yaratish edi.
✅ Natija
Rebrendingdan so‘ng Poytaxt Bankning vizual ko‘rinishi yanada aniq, taniluvchan va kommunikatsiya uchun moslashuvchan tizimga aylandi.
Yangi identifikatsiya bankning xizmatlari va kommunikatsiyalarini bir xil vizual tilda taqdim etish imkonini berdi.
Rebrendingdan keyingi mijozlar so‘rovlari esa brend taniluvchanligining bosqichma-bosqich o‘sishini ko‘rsatdi.
Shunday qilib, yangi identifikatsiya Poytaxt Bank uchun shunchaki yangi ko‘rinish emas, balki ishonchni kuchaytirish, mijoz e’tiborini jalb qilish va biznes o‘sishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladigan brend aktiviga aylandi.














