
Mijoz: Uzbekinvest
Kontekst: Brend-Dizayn
Vazifa: IPO — kompaniya uchun nafaqat moliyaviy, balki kommunikatsion jihatdan ham muhim bosqich. Shu sababli tadbirning vizual qiyofasi Uzbekinvest’ning ishonchliligi, ochiqligi va rivojlanishga bo‘lgan intilishini aks ettirishi kerak edi. Asosiy vazifa — IPO uchun mavjud korporativ identifikatsiyaga mos, biroq alohida tadbir sifatida ajralib turadigan kuchli va izchil vizual tizim yaratish edi.
Yechim: Biz Uzbekinvest IPO uchun alohida brend-dizayn tizimi ishlab chiqdik.
Vizual konsepsiyada kompaniyaning mavjud brend identifikatsiyasi saqlangan holda, IPO’ning yangi bosqich, o‘sish va investitsion imkoniyatlarni ifodalovchi zamonaviy vizual tili yaratildi.
Brend-dizayn IPO doirasidagi barcha asosiy kommunikatsiya va tadbir materiallariga moslashtirildi. Natijada turli format va platformalarda foydalanish mumkin bo‘lgan yagona vizual tizim shakllantirildi.
✅ Natija
Natijada Uzbekinvest IPO uchun kompaniyaning mavjud brend imidji bilan uyg‘unlashgan, shu bilan birga IPO’ni alohida va muhim moliyaviy voqea sifatida ajratib ko‘rsatadigan professional brend-dizayn yaratildi.
Yagona vizual tizim IPO kommunikatsiyalarida izchillikni ta’minlab, tadbirning zamonaviy, ishonchli va investitsion xarakterini kuchaytirishga xizmat qildi.












